Andijon viloyatida aholiga mo‘ljallangan ko‘mirlar talon-toroj qilindi — tafsilotlar

Jinoyat ishi doirasida Andijon, Buloqboshi hamda Jalaquduq tumanlari ko‘mir ombor mudirlari protsessual tartibda ushlangan.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Andijon, Buloqboshi hamda Jalaquduq tumanlarida ko‘mirlarning talon-toroj qilinishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar berdi Bosh prokratura.
Qayd etilishicha, “Ko‘mir ta’minot” MChJ ning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi omborlarning ayrim mudirlari ko‘mirlarni go‘yoki fuqarolar olganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlashgan. Ular ko‘mirni naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilishgan.
1 / 4
V Andijanskom, Bulakbashinskom i Djalalkudukskom rayonax vozbujdeno ugolovnoe delo po faktu xisheniya uglya.
2 / 4
V Andijanskom, Bulakbashinskom i Djalalkudukskom rayonax vozbujdeno ugolovnoe delo po faktu xisheniya uglya.
3 / 4
V Andijanskom, Bulakbashinskom i Djalalkudukskom rayonax vozbujdeno ugolovnoe delo po faktu xisheniya uglya.
4 / 4
V Andijanskom, Bulakbashinskom i Djalalkudukskom rayonax vozbujdeno ugolovnoe delo po faktu xisheniya uglya.
Andijon tuman ko‘mir ombor mudiri Sh.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 362,3 mln so‘mlik 1.220,0 tonna ko‘mir;
Buloqboshi tuman ko‘mir ombor mudiri S.N. 178,3 mln so‘mlik 445,5 tonna ko‘mir;
Jalaquduq tuman ko‘mir ombor mudiri Y.Yu. 421,7 mln so‘mlik 1.419,9 tonna ko‘mir.
Jinoyat ishi doirasida Andijon, Buloqboshi hamda Jalaquduq tumanlari ko‘mir ombor mudirlari protsessual tartibda ushlangan.
"Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari Sh.B., S.N., va Y.Yu. ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a ” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi", — deyiladi xabarda.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Aytilishicha, Bosh prokuraturaning ishchi guruhi tomonidan hududlarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“O‘zbekko‘mir”ning 9 oylik natijalariga ko‘ra, iste’molchilarga 4 298,4 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,0 foiz (4 214,4 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 foizni tashkil etdi.
Qish g‘ami yozda: aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish boshlandi