TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaning Amman shahrida tashkil etilgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi uchun musobaqasida o‘z ishtirokini yakunladi. Unda qatnashgan 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi shohsupaga ko‘tarildi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ikkinchi kun bahslarida Shuhrat Salayev -80 kg, Svetlana Osipova esa +73 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, sportchilar mazkur musobaqada 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal:
-74 kg: Jasurbek Jaysunov;
-87 kg: Nikita Rafalovich.
Bronza medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova;
+73 kg: Svetlana Osipova;
-80 kg: Shuhrat Salayev.