TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “Uzbekistan Airways” avikompaniyasi 4-dekabrdan Rossiyaning Xabarovsk shahridan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xabarovsk aeroporti matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Oradan 10-yil o‘tib Xabarovsk xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar ochilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Parvozlar haftasiga bir marta, dushanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarga Airbus havo kemalariga xizmat ko‘rsatadi.
Xabarovskdan Toshkentga parvoz 7 soat vaqtni tashkil qiladi.
Avvalroq Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi 16-noyabrdan Qozon — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.