TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Ukraina “har jihatdan” YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor emas. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiosi efirida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Muzokaralarni boshlash mumkin emas, bu Vengriyaning aniq pozitsiyasi”, – dedi Orban.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Mako Quddusdan uzoq bo‘lgani kabi Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zolikdan ham shunchalik uzoqda”.
Bu venger maqolida Muqaddas zaminga yo‘l olgan salibchining bir kuni kemada uyg‘onib, o‘zini Quddusda deb o‘ylagani, aslida esa uning kemasi hali ham hozirgi Xorvatiya qirg‘oqlarida bo‘lganligi haqidagi afsonaga ishora qiladi.
Avvalroq Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto hozir Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga oid muzokaralarning mavridi emasligini ma’lum qilgan edi. U respublikada saylovlar o‘tkazilmayotgani, so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligiga amal qilinmayotganini ta’kidlagan.
8 noyabr kuni Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgan edi. Buning uchun Kiyev va Kishinyov bir qator shartlarni bajarishi kerak.