TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Kecha, 9-noyabr kuni, O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va AKSA Enerji boshqaruvi raisi Jemil Kazanchi o‘rtasida Investitsiya shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, AKSA Enerji davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurish uchun 250 million dollar sarmoya kiritadi.
Qurilish ishlarining boshlanishi 2023-yilning dekabriga mo‘ljallangan, 2024-yil oxirida elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Turkiya kompaniyasining tashrifi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va AKSA Enerji o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasi ham imzolandi va bu bilan O‘zbekiston tomoni turkiyalik investordan 25-yilga kafolatlangan elektr energiyasini sotib olishni amalga oshiradi.
Ma’lumot uchun, AKSA Enerji 1960-yilda tashkil etilgan "Kazanci Holding" tarkibiga kiradi. Xolding nafaqat energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqadi, balki qishloq xo‘jaligi va turizmda ham. Shuningdek, kompaniya qator mamlakatlarda: Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali, Kongo va O‘zbekistonda elektr stansiyalarini qurmoqda.