Tulada migrantlarning taksi va restoranlarda ishlashi taqiqlanishi mumkin

Avvalroq Chelyabinsk viloyati va Krasnodar o‘lkasida ayrim sohalarda xorijliklarning ishlashini taqiqlash taklif qilingan edi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning Tula viloyatida migrantlarga jamoat transportida haydovchi bo‘lishi va ayrim savdo shoxobchalarida ishlashi taqiqlanishi mumkin. Gubernatorning tegishli farmoni loyihasi viloyat hukumati saytida e’lon qilingan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan Tula hududida patent asosida mehnat qilayotgan chet ellik fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlash taqiqlanadi:
alkogol sotishga ixtisoslashgan do‘konlarda;
tamaki mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan do‘konlarda;
yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlarda (ham shahar ichida, ham shahar tashqarisida);
umumiy ovqatlanish tashkilotlarida – qahvaxona, restoran va hokazolar.
Aniqlik kiritilishicha, mintaqada 1-yanvarga qadar bu sohalarda bo‘lgan xorijlik ishchilar sonini tartibga solish uchun tayyorgarlik tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Chelyabinsk viloyati va Krasnodar o‘lkasida ayrim sohalarda xorijliklarning ishlashini taqiqlash taklif qilingan edi.