Shavkat Mirziyoyev 42 nafar tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Mukofotlar orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni, I va II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordenlari va boshqalar bor.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan ularning bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

"Sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta’minlash, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin", - deyiladi Farmon matnida.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi unvoni:
Azizov Sabit Kurbanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ bo‘limi mudiri
Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri
"Mehnat shuhrati" ordeni:
Maxmudova Sanobar Yusupovna - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati
Shek Aleksandr Borisovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri
Mukofotlar orasida shuningdek, I va II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordenlari, II darajali "Salomatlik" ordeni, "Do‘stlik" ordeni, "Sog‘lom turmush" medali, "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganlar bor.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.