TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Kiyev rejimi u jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini anglashi fursati yetgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ular jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini anglab olishlari fursati kelgan. Ular buni qanchalik ilgariroq tushunib yetishsa, shu qadar tezroq hal qilish uchun zamin paydo bo‘lishi mumkin”, - dedi Kreml vakili.
Peskovning aniqlik kiritishicha, Rossiya uchun asosiysi maxsus harbiy operatsiyadagi o‘z maqsadlariga erishishdir.
“Siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal etish uchun zamin bo‘lmagani sabab biz maxsus harbiy operatsiyani davom ettirapmiz”, - dedi u.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy va Kiyev rejimi o‘z homiylariga umidsizlik bilan muvaffaqiyat qozonishini va’da bermoqda. Ular ilgari bergan so‘zlarining ustidan chiqishmagan, “homiylar esa bezovta bo‘lyapti va turtkilay boshlayapti”, shu bois Kiyev so‘zamollik bilan jang maydonida harbiy muvaffaqiyatlar bo‘lishiga ishontirishga urinmoqda.