TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Iordaniyada Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqasi start oldi. Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Birinchi kun doirasida bahs olib borgan 3 nafar o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi shohsupaga ko‘tarildi. Jasur Jaysunov (-74 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medali sohibasiga aylandi.
Bugun ham kattalar o‘rtasidagi bahslar davom etadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Shuhrat Salayev (-80 kg) hamda Svetlana Osipova (+73 kg) dayanga chiqishadi.