TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Ukraina G‘arbdan so‘ragan qurollardan, jumladan, F-16 samolyotlaridan samarali foydalana olmaydi, ular Rossiya maxsus operatsiyasidagi vaziyatni o‘zgartirmaydi. Bunday fikrni Pentagonning sobiq xodimi Stiven Brayen o‘zining “Weapons and Strategy” blogida bildirdi.
Qayd etilishicha, Kiyevda F-16 ni bazalash va boshqarish imkoniyati yo‘q. Muallifning ta’kidlashicha, Rossiya Qurolli kuchlari (QK) tomonidan mobil havo mudofaa tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirishni hisobga olgan holda aytish mumkinki, yetkazib berilgan beshta qiruvchi samolyot “Rossiya aviatsiyasi bilan raqobatlasha olmaydigan eski modellar” hisoblanadi.
AQSh yollanma askarlar yoki Yevropa davlatlarining (ukrainaliklar) niqobi ostida xizmat qiluvchi havo kuchlari askarlaridan foydalanish ehtimolidan xavotirda bo‘lishi kerak, chunki bu “noxush oqibatlarga” olib kelishi mumkin, deydi ekspert.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri Vashington Kiyevni harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun 44 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.