O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda ishsizlar soni bir yilda 14% ga kamaydi

YeOIIda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni 1,1 foizdan 0,9% gacha kamaydi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 14,2% ga kam.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarida o‘tgan bir yil davomida ro‘yxatga olingan ishsizlar soni 14,2 foizga kamaydi, deb xabar qilmoqda YeIK matbuot xizmati.
2023 yil sentabr oyi oxirida YeOII davlatlarining bandlik xizmatlarida ro‘yxatga olingan ishsizlar soni 867 ming kishini tashkil etdi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga kam.
Shunday qilib, YeOIIda ishsizlar soni 2022-yilda 1,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 0,9% ni tashkil qildi.
Davlatlar kesimida ro‘yxatga olingan ishsizlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Armanistonda qayd etilgan — mehnatga layoqatli aholining 3,2%. Qozog‘istonda — 3,1%, Qirg‘izistonda — 2,6%.
Mehnat birjalarida ro‘yxatga olingan eng kam aholi soni esa Belarusda qayd etilgan — 0,1% (mehnatga layoqatli aholi soniga nisbatan). Ikkinchi o‘rinda Rossiya — 0,6%.
Eslatib o‘tamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy maqsadi — Ittifoqqa a’zo davlatlar qonunchiligini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali tovar va xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini ta’minlash va umumiy bozorlarga ega bo‘lgan yagona iqtisodiy hudud yaratishdir.