TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Fuqaro muhofazasi institutiga Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif rejasiga ko‘ra, delegatsiya a’zolariga Fuqaro muhofazasi institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash uchun yaratilgan o‘quv xonalari, turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni immitatsiya qiladigan zamonaviy trenajorlar imkoniyatlari namoyish etildi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Fuqaro muhofazasi institutida tinglovchilar bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi.