TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkent aeroportida valyuta ayirboshlash shoxobchalari ko‘paydi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalida qo‘shimcha valyuta ayirboshlash shoxobchasi ochildi. Ikkinchi nuqta terminalga kirishda, bagajlarni o‘rash punkti yonida joylashgan. Birinchi nuqta oldingi joyida — terminalning qarama-qarshi tarafida VIP va CIP zallari yonida qo‘yildi.
"Poytaxt aeroportida yo‘lovchilar dollar, yevro, ingliz funt sterlingi, shveysariya franki, yapon iyenasi, rubl, qozoq tengesini o‘zbek so‘mlariga almashtirishlari mumkin", — deyiladi xabarda.
Ikkala ayirboshlash shoxobchalari ham O‘zbekiston Milliy bankining filiallari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta ayirboshlash shoxobchalari Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida ham mavjud.