Samarqand tez yordam xizmatiga yangi mashinalar topshirildi

Bugungi kunda tez tibbiy yordam tizimi uchun yetkazib berilgan “Volkswagen Caddy” avtomobillarining soni 700 dan oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Samarqand viloyati tez yordam xizmatiga “Volkswagen Caddy” avtomobillari topshirildi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirli 8-noyabr kuni “Jizzakh Auto” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 108 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari topshirilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Andijon, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyat filiallariga yetkazib berilmoqda.
Ayni damda tez tibbiy yordam tizimi uchun yetkazib berilgan “Volkswagen Caddy” avtomobillarining soni 700 dan oshgan.