Rossiya saratonni davolashda yuzdan ortiq sinovlar o‘tkazmoqda — Putinning asosiy bayonotlari

Putin hukumat bilan saratonga qarshi kurash choralarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyada saraton kasalligini davolash uchun mahalliy dori vositalarining 100 dan ortiq klinik sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligida o‘tgan hukumat a’zolari ishtirokidagi saraton kasalligiga qarshi kurash choralari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Men ma’lumotnomalarni ko‘rib chiqdim: yangi xavfli o‘smalarning tarqalishi haqiqatan ham 2019-yilga nisbatan oshdi. 100 ming aholiga 2676 tani, 2022-yilda esa 2747 tani tashkil etgan. Ya’ni, bu shunchaki ular ko‘proq aniqlana boshlaganini anglatadi”, — dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, o‘lim darajasining kamayishi muhim ko‘rsatkichdir, dedi u. Bu ma’lumotni sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashko tasdiqladi. Unga ko‘ra Rossiyada saraton kasalligidan o‘lim so‘nggi to‘rt yil ichida 5,6 foizga kamaydi.
“Klinik tekshiruv qamrovi va sifatini oshiruvchi profilaktika yo‘nalishining rivojlanishi aniqlangan xavfli o‘smalar, jumladan, asemptomatik o‘smalarning salmog‘ini qariyb 21 foizga oshirish imkonini berdi. Aholi o‘limining 5,6 foizga kamayishi tabiiy edi”, — dedi vazir.
Rossiyada diagnostika tezligi va sifatini oshirish tufayli o‘smalarning deyarli 60 foizi birinchi yoki ikkinchi bosqichda aniqlana boshladi, dedi u.
Murashko ta’kidlaganidek, klinik tekshiruv qamrovi va sifatini oshiruvchi profilaktika yo‘nalishining rivojlanishi faol aniqlangan xavfli o‘smalarning salmog‘ini deyarli 21 foizga oshirish imkonini berdi. U, shuningdek, so‘nggi to‘rt yilda mamlakatda onkologlar, jumladan, bolalar shifokorlari soni 13 foizdan ko‘proq oshganiga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, hozirda Rossiyada saraton kasalligini davolash uchun mahalliy dori vositalarining 100 dan ortiq klinik sinovlari o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, radiofarmatsevtika va shaxsiylashtirilgan genetik testlar kabi yangi yo‘nalishlar faol rivojlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi vazir.
O‘z navbatida, sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturovning aytishicha, bu yil Rossiya farmatsevtika kompaniyalari saraton kasalligini davolash uchun 40 dan ortiq dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu har tomonlama davlat yordami tufayli sodir bo‘ldi: ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun subsidiyalar hamda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi kreditlari, deya ta’kidladi u.
Shuningdek, vazir respublika bo‘ylab MRT, KT, elektron nur terapiyasi va ultratovush apparatlari bo‘yicha yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish rejalari haqida ham so‘z yuritdi.

“16 turdagi tibbiy asbob-uskunalarni seriyali ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalarini amalga oshirmoqdamiz. Bularga chiziqli tezlatgichlar, siklotronlar, elektron nurli terapiya komplekslari, shuningdek, MRT, KT, endoskopik uskunalar, ultratovush va eng muhimi, ular uchun sarflanadigan materiallar kiradi”, — deya tushuntirdi Manturov.

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova, o‘z navbatida, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dasturining ayrim elementlarini qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2024-yilga mo‘ljallangan yangi davlat kafolatlari va fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish dasturi doirasida saratonni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida klinik ko‘rikdan o‘tkazish dasturining ayrim elementlarini qayta ko‘rib chiqish haqida o‘ylayapmiz ", — deb ta’kidladi u.
Bundan tashqari, Golikova, Sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor federal organlar, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi saraton bilan kasallangan bemorlar uchun tibbiy oziqlantirish va uning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish rejasini tayyorlaganligini aytdi.
Bu soha ham boshqalar kabi doimiy nazoratda, deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir o‘rinbosari.
Rossiyada saraton kasalligiga chalinganlar uchun maxsus oziq-ovqat yetishmasligi masalasini hal qilish va ishlab chiqarishni boshlash kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.