MOSKVA, 9 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ostonadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot va 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasi va boshqa kelishuvlarni imzolashdi.
Imzolangan hujjatlar orasida quyidagilar bor:
Uch yil davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federal Bojxona xizmati va Qozog‘iston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasining bojxona xizmatlari vakolatxonalari ishtirokidagi o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida;
Rossiya va Qozog‘iston energetika vazirliklari o‘rtasida Kokshetau, Semey va Ust-Kamenogorsk issiqlik elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Rostrud va Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish qo‘mitasi o‘rtasida mehnat inspeksiyasi masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Qozog‘istonga hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan tashrif buyurdi. Prezidentlar Oqo‘rda qarorgohida muzokara o‘tkazdi.
Rossiya prezidentining Qozog‘istonga tashrifi Moskva va Ostona o‘rtasida "XXI asrda yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik to‘g‘risidagi" bitim imzolanganining o‘n yilligiga to‘g‘ri keldi. Ushbu munosabat bilan davlat rahbarlari qo‘shma bayonot e’lon qilishdi.
Unda Vladimir Putin va Qasim-Jomart Toqayevlar Rossiya va Qozog‘iston yuqoridagi bitim hamda 1998-yilda imzolangan "XXI asrda abadiy do‘stlik va ittifoqchilik" to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa bitimlarga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqlashdi va ikki davlat orasidagi munosabatlar yangi darajaga ko‘tarilganini ma’lum qilishdi.
Shuningdek, xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va savdo, tranzit va turizm, koinot, madaniy gumanetar, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish hamda iqlim o‘zgarishi va favqulodda hodisalar oqibatlarini yengishga qarshi birgalikda kurashishni yana bir bor qayd etishdi.