Poytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda — tafsilotlar

“Baland” jome masjidida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Baland” jome masjidi qayta tiklanmoqda, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Mutasaddilar obyektni restavratsiya, rekonstruksiya hamda ta’mirlash-tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi shu yil 6-8 aprelida masjid qurilish ishlarini amalga oshirish loyihasini ko‘rib chiqib, ma’qullagan edi.
Poytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda
Binoning tarixiy qismiga shikast yetkazmagan holda poytaxt Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida atrofini rekonstruksiya qilishga ruxsat berilgan.
Baland masjidi 1857-yilda qurilgan. Hozir obyekt davlat mulki hisoblanadi.