Nig‘matilla Yo‘ldoshev ShHT bosh prokurorlarining yig‘ilishida ishtirok etdi

Sian shahrida ShHT a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 21-yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.
Sian shahrida ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari, Belarus va Mo‘g‘uliston Bosh prokuraturalari vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga ko‘ra ishtirokchilar davlatni modernizatsiya qilishda prokuratura organlarining amaliy faoliyatini muhokama qilishdi, shuningdek, bu boradagi milliy tajribani belgilab o‘tishdi.
“Bosh prokuror Yo‘ldoshev fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qildi”, —deyiladi xabarda.
Sian shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha bosh prokurorlar ShHTga a’zo davlatlar prokuraturalari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini belgilab beruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi.