Nabiullina Rossiya iqtisodiyotining asosiy muammosini aytdi

Rossiya banki rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining asosiy muammosi bu ishchi kuchi yetishmasligi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Rossiya iqtisodiyotining asosiy muammosi - bu ishchi kuchi yetishmasligi, dedi Rossiya banki boshqaruvi raisi Elvira Nabiullina Dumada bo‘lib o‘tgan 2024-2026 yillar pul-kredit siyosatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
“Asosiy muammo pul yetishmasligida emas, balki ishchi kuchi yetishmasligida. Aytgancha, biz buni korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda ham ko‘rapmiz”, - dedi Markaziy bank rahbari.
Shu sababli Rossiya Markaziy banki rahbari asosiy stavkani tushirish maqsadga muvofiq emasligini, bu faqat inflyatsiya kuchayishiga olib kelishini ma’lum qildi.
Nabiullinaning aniqlik kiritishicha, Rossiya banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarda 13 mingta kompaniya ishtirok etmoqda. Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin iqtisodning asosiy tarmoqlardagi kompaniyalar muammolari haqida so‘rov o‘tkazadi.
Nabiullina, shuningdek, Rossiya banki kelgusi yilda korporativ sektorni kreditlash hajmining o‘sishini kutayotganini eslatdi.
"Markaziy bank uchun "korporatsiyalarga beriladigan kreditlar birinchi navbatda tarkibiy qayta qurishga - import o‘rnini bosish, texnologik suverenitet va hokazolarga yo‘naltirilishi juda muhim" - dedi Nabiullina.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank banklar kredit mablag‘larini birinchi navbatda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiradigan tartibga solishni o‘rnatgan.
"Rosstat" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada oxirgi uch oy ichida ishsizlik darajasi rekord darajada pasayib, atigi 3%ni tashkil qilmoqda. Askariyat kompaniyalar o‘z xodimlari sonini oshirishni istaydi, lekin mehnat bozori bu talablarga javob bera olmayapti. Kerakli kadrlarni topish ba’zi vaqtlarda bir necha oylarga cho‘zilib ketmoqda.