TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida tashkilotga a’zo davlatlar orasida hududiy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Raisiy bugungi o‘zgaruvchan dunyoda IHTning roli juda muhimligini ta’kidlab ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.
"Eron IHT doirasida energetika, transport, texnologiyalar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor. Undan tashqari biz hududiy aloqalarini rivojlantirish orqali o‘zaro savdoni kengaytirish, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishni taklif qilamiz.
Eron 2024-yilda o‘z raisligi doirasida "hududiy aloqalarni rivojlantirish orqali o‘zaro savdoni rivojlantirish" shiorini taklif qiladi va biz barcha mamlakatlarni Eron bilan qo‘shma mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga chaqiramiz", - dedi Raisiy.
Shuningdek, Eron IHT doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari yig‘ilishlarini o‘tkazishni mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirdi va xalqaro mexanizmlar orqali texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha moliyaviy yig‘ilishlarni ajratishga chaqiramiz.
Undan tashqari Eron prezidenti Afg‘oniston muammosi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Raisiy aytishiga ko‘ra, IHT davlatlari Afg‘oniston o‘z iqtisodiyotini tiklab olishi uchun reja ishlab chiqishi kerak.
Eron, har doimgidek, Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga va o‘z hududi orqali yordam o‘tkazishga tayyorligini bildiradi.
Biz EKO rivojlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz va biz EKOga ko‘proq resurslar va ko‘proq texnik yordam ajratishga tayyormiz.
Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirar ekan Ibrohim Raisiy Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga "21 asrdagi eng katta qirg‘in" deb atadi va ularga yordam berayotgan AQSh va boshqa Yevropa davlatlarini ushbu jinoyatlarga sherik deb atadi.
Toshkentda 7-8 noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda. IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, uning maqsadi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
Tashkilot 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.