Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

Furqat Sidiqov 2023-yilning aprelidan O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida faoliyatini boshlagan edi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.
Furqat Sidiqov 2023-yilning aprelidan O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida faoliyatini boshlagan edi. Avgust oyida o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi etib tayinlangan edi.
Furqat Sidiqov 1971-yil 7-fevralda Toshkentda tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. "UzDaewoo Electronics" QKda bosh mutaxassis (1993−1995), prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida attashe (2002−2007), ushbu elchixonaning birinchi kotibi (2011−2015), O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi (2015−2020) lavozimlarida ishlagan.