TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Xitoy Rossiyani G‘arb mamlakatlari sanksiyalariga qarshi tura olish qobiliyati va qodirligi uchun hurmat qiladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Harbiy Kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi sizning rahbarligingiz ostida <...> G‘arb sanksiyalariga qarshi tura olmoqda, bu Rossiyani hech qanday qiyinchilik ega olmasligidan dalolat beradi. Shu bois Xitoy tomoni hurmat bildiradi”, - dedi Chjan Yusya. Uchrashuv lavhalarini “Rossiya-24” telekanali namoyish etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu gal Xitoy delegatsiyasi Rossiyaga ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi muhim kelishuvlarni amalga oshirish, harbiy-texnik hamkorlik yuzasidan navbatdagi majlisni o‘tkazish va ikki tomonlama harbiy hamkorlikni mustahkamlash uchun kelgan.