Ukraina Slovakiya harbiy yordamidan mahrum bo‘lmoqda

Respublikaning avvalgi hukumati Kiyevga harbiy ehtiyojlar uchun 40,3 million yevro ajratishni taklif qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Slovakiya hukumati Ukrainaga 40,3 yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam ko‘rsatishni blokladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Hukumat harbiy materiallarni Ukrainaga berish taklifini ma’qullamaydi”, - deyiladi xabarda
Vazirlar mahkamasining avvalgi tarkibi Kiyevga harbiy ehtiyojlar uchun 40,3 million yevro ajratishni taklif qilgan edi. Bu yordam asosan o‘q-dorilardan iborat.
Oktabr oyi boshida Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova mazkur yordam tashabbusini ko‘rib chiqishni yangi hukumat tuzilgunicha qoldirishni taklif qilgan edi. Saylovlar natijasida hukmron koalitsiya sentabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan SMER, “Ovoz” (HLAS-SD) partiyasi va “Slovakiya milliy partiyasi” (SNS) tomonidan tuzildi.
Hukumat boshiga SMER rahbari Robert Fitso tayinlandi, bu uning to‘rtinchi marta Slovakiya bosh vaziri bo‘lishi.
Zelenskiy murojaati Yevropa kengashida qiziqish uyg‘otmadi – Slovakiya bosh vaziri
Siyosatchi avvalroq bir necha bor muxoliflarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qilgan va Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatishga va’da bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlariga harbiy texnika topshirilishi tufayli respublika armiyasi ayanchli ahvolga tushib qolgan.
Fitso, shuningdek, Ukraina harbiylariga MiG-29 qiruvchilarini berishga qaror qilgan hukumat a’zolarining javobgarlikka tortilishini talab qildi va amaldagi S-300 havo mudofaa tizimini yuborilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan.
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni tahlil qilmasdan qo‘llab-quvvatlamaydi
Bundan tashqari, u Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi mumkin emasligi haqida gapirgan va Rossiya bilan AQShni mojaro hududida sulh bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirgan.
Ukraina ikki asosiy ittifoqchisini yo‘qotdi — OAV