TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +20 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.