TOShKENT, 8 noya — Sputnik. 8-noyabrdan Toshkent – Xo‘jakent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezdlarning harakati to‘xtatildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, harakat tarkibi modernizatsiya qilish maqsadida to‘xtatildi. Harakat qachondan boshlab qayta tiklanishi noma’lum.
Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishida so‘nggi reysda ketmoqchi bo‘lganlarga Chirchiq, G‘azalkent va Xo‘jakentga muqobil yo‘nalishni oldindan rejalashtirish tavsiya qilinadi.