TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
© Bekzod Hidoyatov
Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, yuqori martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
© Bekzod Hidoyatov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.