TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari olti oylik qisqarishdan so‘ng ko‘paydi, deya ma’lum qilindi Markaziy bank hisobotida.
Joriy yil oktabr oyida bu ko‘rsatkich 1,9 mlrd dollarga oshib, 31 mlrd dollardan 32,9 mlrd dollarga yetgan.
O‘tgan oyda oltin zaxiralari qiymati 23,1 mlrd dollardan 24 mlrd dollargacha ko‘paygan. Oltin zaxiralari hajmi esa 12,3 mln troya unsiyasidan 12 mln troya unsiyasiga kamaygan. Oltin narxlari oshgani oltin zaxiralar qiymati ham ortishiga sabab bo‘lgan.
Valyuta zaxiralari esa 1 mlrd dollarga oshib, 7,4 mlrd dollardan 8,4 mlrd dollargacha o‘sgan.