“O‘zbekistonda rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar, tijorat banklarida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etmoqda”, — dedi Markaziy bank Valyutani tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Azizjon Mardiyev.
“Mazkur hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar valyuta operatsiyalarini cheklash yoki qat’iylashtirishni emas, balki amalda mavjud normalarga aniqlik kiritish, ayrim operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini yanada soddalashtirish, tarqoq normalarni umumlashtirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratishni nazarda tutadi”, — dedi Mardiyev.