O‘zbekiston IHT sammitiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi — foto

Bugun Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti ish boshlaydi. O‘zbekiston IHT sammitiga qanday tayyorgarlik ko‘rgani — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkent shahrida 8-9 noyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.