O‘zbekiston 9 oyda eng ko‘p Rossiyaga meva-sabzavot eksport qildi

9 oyda 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 831 mln dollarga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.

Bu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 baravarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Za 9 mesatsev eksportirovano 1,3 mln tonn fruktov i ovoshey
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozog‘iston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.