Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi parvoz kechiktirildi

"Uzbekistan Airways": Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi HY602 reysining parvozi kechiktirildi. Bu haqida "Uzbekistan Airways" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7-noyabr kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY602 reysi texnik sabablarga ko‘ra jo‘nab ketish aeroportida (Domodedovo) kechiktirildi.
Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorlash bo‘yicha ish olib borishmoqda.
“Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi. Yo‘lovchilarga, shuningdek, kompensatsiya xizmatlari ham taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.
Parvoz vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.