Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

Turli darajalarda faol muloqot olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalarda faol muloqot olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini tez fursatda qabul qilish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun savdo to‘siqlarini bartaraf etish va qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.