TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatda oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida davom etayotgan karate WKF bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 7-noyabr kungi bellashuvlari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Unda sportchilar 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Barcha medallar o‘smirlar toifasida bahs olib borgan karatechilar tomonidan qo‘lga kiritildi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
oltin medal:-67 kg: Abdulvahob Rashidov;
bronza medal: -66 kg: Mohichehra Abduraimova, -48 kg: Gulshan Alimardonova, Yigitlar o‘rtasida jamoaviy kata dasturi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.