TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yaponiya imperatori Naruxito O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilovni “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotladi, deya xabar berdi O‘zA.
Mukofot Kamilovga imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan. Ordenni Yaponiya imperatori bosh vazir Fumio Kisido ishtirokida topshirdi.
“Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni Yaponiyaning eng qadimiy va oliy mukofotlaridan biri hisoblanadi. U Kamilovga davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun berilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Aziz Abduhakimov ham “Chiqayotgan quyosh katta kordon ordeni” bilan taqdirlangandi. 2021-yilda Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ilk bor O‘zbekiston vakili sifatida Yaponiyaning ushbu ordeni bilan mukofotlangan edi.