Xitoy va BAA G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

Chjan Szun: Xitoy va BAA G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 07 noya — Sputnik. Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqida Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szun ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz. Bu to‘liq, tezkor, xavfsiz va to‘siqsiz kirishni ta’minlash, jumladan, BMT va gumanitar yordam xodimlari uchun juda muhim", — dedi Chjan Szun.
U, shuningdek, “biz barcha tomonlarni tinch aholi himoyasini ta’minlash uchun harbiy harakatlarni to‘xtatish yo‘lida shoshilinch choralar ko‘rishga chaqiramiz” deya qo‘shimcha qilgan.
Isroil-Falastin mojarosi

Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda G‘azo sektorida qurbonlar soni 10 ming kishidan oshgan.

Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.