Dollar ko‘tarilishda davom etmoqda: 8-noyabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

So‘m dollar valyutasiga nisbatan arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 10,08 so‘mga qimmatlashdi va 12 280,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro 66,56 so‘mga tushdi va 13 120,04 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,14 so‘mga arzonlashdi va 132,87 so‘mni tashkil qildi.