TOShKENT, 7 noya — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakatga tashrif buyurish taklifini rad etdi.
“Men Zelenskiyning hurmat qilaman, biroq o‘ylaymanki, hozir bu noo‘rin”, - dedi Tramp “Newsmax” telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozir Zelenskiy bilan Jo Bayden ma’muriyati “shug‘ullanmoqda” va u manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirishni istamaydi.
Avvalroq Zelenskiy NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida Trampni Ukrainaga taklif qilgan edi va 24 daqiqa ichida Tramp bir sutka ichida mojaroni hal qila olmasligini tushuntirishini aytgan edi.
Tramp bir necha bor 2024-yilda AQSh prezidenti lavozimiga saylangan taqdirda, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qila olishini ta’kidlagan.