TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Yil davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari maxsus xizmatlari tomonidan 69 ta teraktning oldi olindi va terrorchilik tashkilotlarining 73 ta maxfiy yacheykalari faoliyatiga chek qo‘yildi, deya ma’lum qildi ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Ruslan Mirzayev.
© Sputnik
“ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining hududimizdagi muvofiqlashtirilgan ishlashi va o‘zaro axborot almashishi natijasida terrorchilik tashkilotlarining 73 ta maxfiy yacheykalari faoliyatiga chek qo‘yildi, 69 ta teraktning oldi olindi”, — dedi ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori.
Shuningdek, u o‘tgan davr mobaynida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 507 nafar ishtirokchisi va sheriklari aniqlangani, 447 nafari qo‘lga olingani, 182 nafari zararsizlantirilgani, 54 nafari sudlanganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Toshkentda ShHT MATTning “Ishonch, hamkorlik va professionallik - xavfsiz kelajak garovi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.