Rustam Minnixanov Nukusdagi korxonalarni borib ko‘rdi

Rustam Minnixanov Nukus shahridagi bir qator korxonalarni borib ko‘rdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga o‘sdi. Bu haqida Tatariston yetakchisi Rustam Minnixanov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Rustam Minnixanov Nukus shahrida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida u bir qator korxonalarni borib ko‘rdi.
Rustam Minnixanov Nukusdagi korxonalarni borib ko‘rdi
“Biz O‘zbekistonning turli hududlari bilan iqtisodiy aloqalarni faol rivojlantirmoqdamiz. Bugun biz bir qator korxonalarni ko‘zdan kechirdik, bir qancha obyektlarni borib ko‘rdik, ularda qanday loyihalarni amalga oshirish mumkinligini muhokama qildik. O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlashimiz yil sayin ortib bormoqda, joriy yilning 6 oyida esa u yana 30 foizga o‘sdi”, — deb yozadi u.
Rustam Minnixanov Nukusdagi korxonalarni borib ko‘rdi
Uning qo‘shimcha qilishicha, bir-birini tushunadigan tilda muzokaralar olib borish yoqimli, qoraqalpoq va tatar tillari juda o‘xshash.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keldi