OKMKda ilk bor nanotexnologiyalar bo‘yicha patent olindi

Hozirda ushbu ixtiro OKMKning Chirchiq shahridagi tarkibiy bo‘linmasida qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) olimlari va mutaxassislarining navbatdagi kashfiyotiga ixtiro patenti berildi. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar berdi.
OKMKda ilk bor nanotexnologiyalar bo‘yicha patent olindi
“Qattiq qotishmalarga qo‘shish uchun volfram nano kukunini olish usuliga taqdim etilgan ushbu patent 100 foiz OKMKga tegishli”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu usul kukun metallurgiyasida, nanokukunlarni olish va qo‘llashda foydalaniladi. Mazkur usul orqali qattiq qotishmalar ishlab chiqarish jarayonida qotishmaning mustahkamligi 16 foizga oshiriladi.
Qattiq qotishmalarda eng og‘ir holatdagi parametr bu mustahkamlik bo‘lib, yangi ixtiro yuklama (bosim ostida) qotishmani sinib ketmasligini oldini oladi. Nanokukunlar qotishma ishlab chiqarishda rekristallizatsiya jarayonida faol qatnashib, zich materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Hozirda ushbu ixtiro OKMKning Chirchiq shahridagi tarkibiy bo‘linmasida qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.