Harorat biroz pastlaydi — Toshkentda 7-noyabr uchun ob-havo

Harorat kechasi +8-10 daraja iliq, kunduzi +19-21 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 07 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +21 daraja bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-10 daraja iliq, kunduzi +19-21 daraja iliq bo‘ladi.