Navoiy viloyati prokurori o‘zgardi

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Adliya katta maslahatchsisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston bosh prokurori tegishli buyruqni imzoladi.
Mirzayev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2020 yilning noyabr oyidan buyon Navoiy viloyati prokurori bo‘lgan Baxtiyor Ahmedov boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda.