Moskvada Qur’on tilovati bo‘yicha xalqaro tanlov bo‘lib o‘tadi

Qur’on tilovati tanlovining asosiy qismi 8-9 noyabr kunlari Moskva Jome masjidida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Moskva Jome masjidida 8-noyabr kuni xalqaro qorilar tanlovi boshlanadi, deb xabar berdi Rossiya Muftiylar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasov. RIA Novosti xabariga asosan.

“Chorshanba kuni "Sobor" masjidida ochiladigan xalqaro musobaqada 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi. Ular orasida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlardan eng kuchli Qur’on o‘quvchilar yig‘iladi. Bu yilgi Qur’on tilovati tanlovi "Hifz" (Qur’oni Karim matnlarini yoddan o‘qish) nominatsiyasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarning o‘zidan tashqari Rossiya poytaxtiga arab-musulmon davlatlaridan muftiylar va nufuzli olimlar hay’at tarkibida ishlash uchun yetib kelishdi”. — dedi Abasov.

Din arbobi Qur’on tilovati musobaqasida xorijlik ishtirokchilar bilan bir qatorda rossiyaliklar ham ishtirok etishini ta’kidladi.
"Yigitlarimiz bir necha marta xalqaro musobaqalar g‘olibi bo‘lishdi. Bizda yosh, ammo kuchli Qur’on qorilari maktabi bor. Yigitlarimiz esa boshqa mamlakatlardan kelgan dindoshlar bilan bellashadilar. Biz xayrli ishlarda bellashamiz. Bu yerga yig‘ilgan hammani g‘olib deb aytish mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Abbasov.
Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari tanlovning asosiy qismi 8-9 noyabr kunlari Moskva Jome masjidida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.
“Loyiha yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, Qur’on kitobxonlarining XXI Moskva xalqaro tanlovining tantanali marosimi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi yakshanba kuni "Kosmos" mehmonxonasining konsert zalida Rossiya muftiysi Ravil G‘aynutdin ishtirokida bo‘lib o‘tadi”, - deya xulosa qildi Abbasov.