Belkurak ko‘targan yetakchilar — turli davlatlar prezidentlari daraxtlarni qanday ekishmoqda?

Davlat miqyosidagi yirik tadbirlar yakunlariga ko‘ra, daraxt ekish yaxshi an’anaga aylangan. Ularda, qoida tariqasida, davlat rahbarlari ishtirok etadi.
Sputnik
Turli mamlakatlar yetakchilari tomonidan qanday daraxtlar ekilgani haqida Sputnik O‘zbekiston fototasmasida tanishing.
1 / 19

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoyning “Siszao” davlat qarorgohida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashkil topganining besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘chat o‘tqazish marosimida ishtirok etishdi. 2006-yil 14-iyun.

2 / 19

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining ko‘chat o‘tqazish marosimida. 2022-yil 15-sentabr.

3 / 19

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida ko‘chat o‘tqazdi. Barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxtlar ekildi. 2022-yil 11-noyabr.

4 / 19

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida daraxt ekdi. 2022-yil 15-sentabr.

5 / 19

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida ko‘chat o‘tqazdi. 2022-yil 11-noyabr.

6 / 19

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida ko‘chat o‘tqazdi. Barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxtlar ekildi. 2022-yil 11-noyabr.

7 / 19

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida daraxt ekdi. 2022-yil 11-noyabr.

8 / 19

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida daraxt ko‘chatlarini ekishdi. 2022-yil 15-sentabr.

9 / 19

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ShHT sammiti doirasida Samarqandda ko‘chat ekdi. 2022-yil 15-sentabr.

10 / 19

Eron prezidenti Ibrohim Raisi Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida ekilgan daraxtni sug‘ormoqda. 2022-yil 15-sentabr.

11 / 19

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida ekilgan daraxtni sug‘ormoqda. 2022-yil 11-noyabr.

12 / 19

O‘zbekiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ShHT Samarqand sammiti doirasida daraxt ekishdi. 2022-yil 15-sentabr.

13 / 19

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida ekilgan daraxtni sug‘ormoqda. 2022-yil 11-noyabr.

14 / 19

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida daraxt o‘tqazdi. 2022-yil 11-noyabr.

15 / 19

Samarqanddagi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birgalikda daraxt ekdi. 2023-yil 2-noyabr.

16 / 19

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazishdi. 2022-yil 14-iyul.

17 / 19

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress-markazi bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi. 2023-yil 6-iyun.

18 / 19

O‘zbekiston-Singapur sammiti yakunida Shavkat Mirziyoyev va Halima Yoqub Ko‘ksaroy qarorgohiga ko‘chat o‘tqazdi. 2023-yil 24-may.

19 / 19

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin samarali muzokaralar olib borib, Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro sayyohlik markazi bog‘iga ko‘chat o‘tqazishdi. 2022-yil 15-sentabr.