TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Afg‘onistonda “Tolibon”* IShIDning** “Viloyati Xuroson” filialining o‘sib borayotgan ta’siri va imkoniyatlarini yenga olmayapti. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Terrorizmga qarshi murosasiz kurash e’lon qilgan “Tolibon”*, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, soni 6 ming nafar jangarigacha ko‘paygan IShIDning** "Viloyati Xuroson" filialining o‘sib borayotgan ta’siri va imkoniyatlarini yenga olmayotgan Afg‘oniston alohida xavotirga solishda davom etmoqda”, - dedi Sisoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHTning ilmiy-amaliy anjumani chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda o‘sib borayotgan transchegaraviy jinoyat va ko‘knori yetishtirish maydoni ko‘paygani terrorizm darajasi kamaygani haqida gapirish imkonini bermaydi.
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (ShHT MATT) ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. U “Ishonch, hamkorlik va professionalizm – xavfsiz kelajak garovi” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.
* harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
** Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti