TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi Moskvadan Urganchga muntazam reyslarni qayta tiklaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroflot 15-dekabrdan boshlab Sheremetyevo aeroportidan Urganchga muntazam parvozlarni tiklaydi. Chipta sotuvi boshlangan.
Qishki mavsumiy jadvalda aviakompaniya Moskva - Urganch - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga to‘rtta reysni amalga oshirishni rejalashtirgan.
“Parvozlar dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Urganch "Aeroflot"ning Moskvadan doimiy reyslarni amalga oshiruvchi beshinchi shaharga aylandi. Aviatashuvchi Sheremetyevo aeroportidan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onaga parvoz qilmoqda.