Xo‘ja Nasriddin haqidagi multfilm qachon tayyor bo‘lishi ma’lum qilindi

Bugungi kunda Toshkentda 15 nafar animator multfilm yaratish ustida ish olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Xo‘ja Nasriddin haqidagi multfilmni tomoshabinlar kelasi yil tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida rossiyalik taniqli rejissor va ssenariynavis Timur Bekmambetov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Timur Bekmambetov ham ishtirok etib, multfilmlar yaratishdagi yangicha yondashuv haqida ma’lumot berdi.
Bekmambetov Xo‘ja Nasriddin haqida animatsion film yaratish g‘oyasi borasida ko‘p yillardan beri bosh qotirgan.
Timur Bekmambetov

“Avval Qozonda, keyin Moskvada Millatlar teatrida spektaklqo‘ydim, keyin multfilm ssenariysiniyozdim. Shunda animatsiya sohasida katta muammo mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Qahramonlarni jonlantiradigan ijrochilar, animatorlar yo‘q. Shu paytga qadar kinematografiyada katta xatoga yo‘l qo‘yilgan, ya’ni animatorlar rassomlardan tayyorlangan. Ilgari multfilmlar chizilganligi sababli animatorlar chizishga qodir bo‘lishi kerak deb ishonishgan. Ammo bugungi kunda animatsiya kompyuterga asoslangan, shuning uchun dasturchilar animatorga aylanishdi. Menda aktorlar animator bo‘lishi kerak degan fikr paydo bo‘ldi, chunki ular obraz yaratishni, Stanislavskiy tizimini bilishadi. Ular kompyuter dasturini o‘zlashtirishlari kerak xolos”, - deydi Timur Bekmambetov.

Rejissorning so‘zlariga ko‘ra, aktor uchun to‘rt oylik intensiv mashg‘ulotlar yetarli. Buning uchun ularni animatorlikka qayta tayyorlash dasturi ham ishlab chiqilgan. Biroq, Bekmambetov bu yondashuvni hamma ham tushunmaganini tan oldi. Shunga qaramasdan g‘oya O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. So‘ng, Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tatariston o‘rtasida loyiha bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Toshkentda birinchi animatsiya maktabi shunday ochildi. U yerda o‘qish bir yil davom etadi - 4 oy nazariya va 8 oy amaliyot. Bitiruvchilar loyihamizda ham ishlab, ham o‘qiydilar. Xo‘ja Nasriddin haqida multfilm suratga olishga qaror qilgan vaqtlarimda, bu jarayonlarni tasavvur qilish ham qiyin edi”, — deydi rejissor.

Bugungi kunda Toshkentda 15 nafar animator multfilm yaratish ustida ish olib bormoqda. Xuddi shunday studiya Almetevskda (Tatariston) ham ochilgan. Bundan tashqari, studiya bitiruvchilari uchun Anqarada amaliyot o‘tash boshlandi.

“Biz Xo‘ja Nasriddin siymosi milliy boylik hisoblangan barcha mamlakatlar animatorlari tomonidan bu multfilm yaratilishini ta’minlashni rejalashtirganmiz. Xo‘ja Nasriddin nafaqat O‘zbekistonda, balki, Ozarbayjon, Qozog‘iston, arab davlatlari va hatto Xitoyda ham milliy boylik xisoblanar ekan”, — deya aniqlik kiritdi u.

Xalq og‘zaki ijodida ushbu mashhur qahramon turlicha nomlanadi: Nasriddin, Nasriddin Xoka, Qo‘ja Nosir, Mulla Nasriddin, Juha.
“Xo‘ja Nasriddin” filmi ustida besh davlat kinochilari ishlamoqda – Bikmambetov