Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Bugun Toshkentning Yashnobod, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yashnobod tumani: "Tovkantepa" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: "Gulbog‘" MFYning ayrim hududlarida 14:00 dan 17:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani: "X.Abdullayeva" va "Sarbon "MFYlarining ayrim hududlarida 10:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.