Putin 9-noyabr kuni Qozog‘istonga boradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Ostonaga keladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.

"9 noyabr kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostonaga rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin keladi”, — deyilgan xabarda.

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan, unda Qozog‘iston—Rossiya strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, prezidentlar videokonferens-aloqa rejimida Kostanayda bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi XIX mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi.