TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Yer ostida saqlash inshootlariga 3 mlrd 445 mln kub metrdan ortiq tabiiy gaz jamlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘ztransgaz" AJ axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova ma’lum qildi.
“Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshootida aktiv gaz saqlash hajmini oshirishga oid loyiha doirasida 5 ta quduq burg‘ilandi.
Magistral gaz quvurlarining elektr kimoviy himoyalovchi vositalarini kuz-qishga tayyorlash jarayonida 807 ta katodli himoya stansiyasi, 258 ta transformator jamlanmasi, qariyb 960 km havo liniyasi, 60 ta chiziqli ajratgich va 1068 ta nazorat o‘lchov ustuni joriy ta’mirlandi.
O‘tkazilgan taftish, profilaktik sinov, rejim sozlash va ta’mirlash ishlari hamda amalga oshirilgan tashkiliy texnik chora tadbirlar natijasida tizimda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 mln.kVt.soat elektr energiya kam iste’mol qilindi.